11-yanvar kuni Samarqand kampusining Tarix ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun tarixiy obidalar bo‘ylab sayyor darslar tashkil etildi. Ushbu darslar “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Sherzod Tangirov tomonidan olib borildi.
Sayyor darslar davomida talabalar tarixiy obyektlar va ilmiy maskanlar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dars dastlab Pushkin nomidagi Samarqand shahar kutubxonasidan boshlandi.
So‘ngra Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tasarrufidagi Ilmiy kutubxona, Arxeologiya muzeyi, “Navoiy muzeyi” ilmiy-amaliy laboratoriyasi va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylariga tashrif buyurildi.
Dars davomida talabalar shahrimizning muhim tarixiy obidalari, jumladan, «Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik» muzeyi hamda Amir Temur maqbarasida bo‘lib, ulkan tarixiy va madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar.