Joriy yilning 10-yanvar kuni ZARMED Universitetida "Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari" mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda mazkur yo‘nalishda ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi.
Qo‘llanma yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga qaratilgan.
Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni zararli illatlardan himoya qilishda muhim qadam bo‘ldi.